Safardan oldin

Qanday qilib safarni topish va qabul qilish mumkin?

HAYDOVCHI ekranida sizdan uzoqda boʻlmagan foydalanuvchilar tomonidan taklif etilgan safarlar roʻyxati koʻrinadi. Har bir safar kartasida uning manzili, yoʻldagi taxminiy vaqt, foydalanuvchi taklif etgan narx va fikr-mulohaza koʻrsatilgan boʻladi. Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

— tafsilotlarni ochish uchun safar kartasini bosishingiz;

— oʻng tomonga surish bilan buyurtmani oʻsha zahoti qabul qilishingiz;

— yoki chap tomonga surish bilan uni rad etishingiz.

Buyurtma qabul qilingach, yoʻlovchi sizning roziligingizni koʻrib, safarni tasdiqlashi mumkin. Bunday holatda siz safar ijrochisi etib tayinlanasiz. Safarlar roʻyxati har 60 soniyada yangilanib boradi.


Safar uchun oʻz narximni qanday belgilashim mumkin?

Ilovamizning oʻziga xos xususiyati shundaki, siz yoʻlovchi bilan ikkala tomonga maʼqul boʻlgan safar narxini kelishib olishingiz mumkin. Sizga yoqgan safarni ochganingizdan keyin:

— agar narx sizga maʼqul kelsa, QABUL QILISH…, tugmasini bosib uni qabul qiling;

— yoʻlovchiga pastda koʻrsatilgan tugmalarda taklif etilgan qiymatlardan biri bilan narxni oshirish haqidagi qarshi taklif bilan chiqing yoki SIZNING NARX tugmasini bosib oʻz narxingizni kiriting (u dastlabki qiymatdan ortiq yoki kam boʻlishi mumkin).

Yoʻlovchi taklifingizni koʻrib, unga rozi boʻlsa, bunday holatda siz koʻrsatgan narx safar uchun yakuniy narx boʻladi, yoki u taklifni rad etsa, bunday holatda taklif rad etilgani haqida xabar olasiz.


Yoʻlovchi bilan safardan oldin bogʻlansa boʻladimi?

Yoʻlovchi sizning taklifingizni tanlagach, buyurtma ijrosi boshlanadi: karta, buyurtmaning boshlangʻich manzili va yoʻlovchigacha boʻlgan taxminiy marshrut aks etgan ekran paydo boʻladi, pastda esa quyidagi tugmalar koʻrinadi:

NAVIGATSIYA — navigatsiya ilovasini ochish;

BOGʻLANISH — uchrashuv joyi, safar boʻyicha tafsilotlar yoki uning istaklarini aniqlash uchun yoʻlovchiga qoʻngʻiroq qilish;

— yoʻlovchining surati — yoʻlovchi haqidagi batafsil maʼlumotlarni ochish;

TAFSILOTLAR — safar tafsilotlarini koʻrish.

Agar biror sababga koʻra safarni bekor qilishingiz kerak boʻlsa, yuqori oʻng burchakdagi BEKOR QILISH tugmasini bosing.


Yoʻlovchi manzilda yoʻq boʻlsa nima qilish kerak?

Toʻgʻri manzilga kelganingizga ishonch hosil qiling, buyurtma qoldirilgan izohni tekshiring: koʻp hollarda unda yoʻlovchi sizni qayerda kutayotganiga aniqlik kiritilgan boʻladi.

— ekranning pastki qismida joylashgan telefon belgisi aks etgan TELEFON tugmasi yordamida yoʻlovchi bilan aloqaga chiqing.

— buyurtmani ekranning yuqori oʻng burchagidagi BEKOR QILISH tugmasi yordamida bekor qiling.


Safarni bekor qilishim mumkinmi?

Yoʻlovchi koʻrsatgan manzilga yetib kelib, SAFARNI BOSHLASH tugmasini bosgunga qadar safar ekranining yuqori oʻng burchagidagi BEKOR QILISH tugmasini bosib, buyurtmani bekor qilishingiz mumkin. Yoʻlovchi bilan safar boshlagach, buyurtmani faqat YAKUNLASH tugmasini bosib yakunlashingiz mumkin. SAFARNI BOSHLASH tugmasi bosilgach, yoʻlovchi buyurtmani bekor qila olmaydi.

BEKOR QILISH tugmasi bosilgach, bekor qilish sababini tanlash yoki oʻzingizga tegishli sababni koʻrsatib uni tasdiqlashingiz kerak boʻladi. Buyurtma shu vaqtdan boshlab bekor qilinadi.

Baʼzi holatlarda yoʻlovchi ham oʻz fikrini oʻzgartirib safarni bekor qilishi mumkin: bunday vaziyatlarda sizga bildirishnoma yuboriladi.


Buyurtmani bekor qilishda muammo paydo boʻldimi? Bu haqda bizga yozing.