Rida dasturidan foydalanish bo‘yicha litsenziya kelishuvi

Diqqat! “Rida” (bundan keyingi oʻrinlarda “Ilova” deb yuritiladi) mobil ilovasini (EHM uchun dastur) ishlatishni boshlash orqali siz bu yerda keltirilgan shartlarni qabul qilgan va mazkur litsenziya kelishuvini tuzgan hisoblanasiz. Quyida keltirilgan shartlarga rozi boʻlmasangiz, Ilovadan foydalanmasligingiz lozim.

 

Versiya sanasi 15.10.2019.

Schiphol Boulevard 165, 1118 BG Schiphol, Nederland manzilida roʻyxatdan oʻtgan MLU Africa B.V. kompaniyasi (bundan keyingi oʻrinlarda “Kompaniya” deb yuritiladi): muomalaga layoqatli har qanday shaxsga (keyingi oʻrinlarda “Foydalanuvchi” deb yuritiladi) quyida keltirilgan shartlar asosida Rida dasturidan foydalanishga oid Litsenziya kelishuvi (keyingi oʻrinlarda “Litsenziya kelishuvi” deb yuritiladi) tuzishni taklif qiladi.

 

Litsenziya kelishuvi Foydalanuvchi har qanday usul bilan, jumladan, Ilovaning istalgan funksiyalaridan foydalanishni boshlagan vaqtdan eʼtiboran tuzilgan hisoblanadi.

Agar Litsenziya kelishuvi matnida yoki Litsenziya kelishuvining tegishli versiyasida boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, Litsenziya kelishuvining shartlari Ilovaga, uning alohida funksiyalariga va Ilovaning barcha versiyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

  1. Kompaniya vaqti-vaqti bilan Litsenziya kelishuviga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Litsenziya kelishuvining amaldagi versiyasi Ilova ichiga va quyidagi manzilga doimiy joylashtirilgan: https://rida.app/oz/privacy. Foydalanuvchi Ilovadan foydalanishni davom ettirishi uning yangi (oʻzgartirilgan) versiyadagi Litsenziya kelishuviga roziligini anglatadi. Kelishuv mavzusi
    • Kompaniya Foydalanuvchi qurilmasida ijro qilish va Ilovani bevosita oʻz vazifasiga muvofiq ishlatish orqali Ilovadan foydalanish uchun Foydalanuvchiga istisnosiz litsenziyani taqdim etadi.
    • Foydalanuvchi Ilovaning oʻzi uchun ochiq boʻlgan funksiyalaridan foydalanish huquqiga ega.
    • Ilovaning muayyan funksiyalariga qoʻyilgan cheklovlarni (agar ular mavjud boʻlsa) chetlab oʻtishga doir har qanday vositalarni qoʻllash Foydalanuvchi tomonidan litsenziya kelishuvida belgilangan huquqlar doirasidan tashqariga chiqadi va Kompaniya tarafidan uning Ilovaga boʻlgan mutlaq huquqlarning buzilishi deb baholanadi.
    • Ilovadan foydalanishga oid ushbu istisnosiz litsenziya bepul taqdim etiladi; Ilova funksional imkoniyatlarining Foydalanuvchi uchun kirish hududi va Foydalanuvchi tomonidan Ilovani ishlatish muddati bilan cheklanadi; Ilovadan foydalanishga oid hisobotning Kompaniyaga yuborilishini koʻzda tutmaydi.
    • Foydalanuvchi Ilovaga oʻzgartirishlar, tuzatishlar kiritish yoki Ilovani dekompilyatsiya qilish huquqiga ega emas. Kompaniya manfaatlari va Foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida, foydalanish huquqiga oid Litsenziya kelishuvi Foydalanuvchining Ilova bilan biron-bir tarzda bogʻlanishi mumkin boʻlgan EHM dasturlarini yaratish hamda uchinchi shaxslar va boshqa Foydalanuvchilar tomonidan Ilovadan foydalanish jarayonida taqdim etilgan maʼlumotlarni olish huquqini bermaydi.
    • Agar amaldagi qonunchilikka muvofiq, Ilovani ishlatish uchun Foydalanuvchidan qoʻshimcha ruxsatlar (litsenziyalar, sertifikatlar va h.k.) talab etilsa, Foydalanuvchi bunday ruxsatlarning mavjudligini kafolatlaydi. Har qanday holatda ham, Foydalanuvchi Ilovadan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablarini bajarish majburiyatini oladi. Koʻrsatilgan kafolatlar va majburiyatlarning Foydalanuvchi tomonidan buzilishi Litsenziya kelishuvining bekor boʻlishiga olib keladi.

 

  1. Funksional imkoniyatlar
    • Foydalanuvchi Ilovaning barcha yoki ayrim funksiyalaridan foydalanishi uchun hisob maʻlumotlarini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtishi lozim.
    • Ilovada roʻyxatdan oʻtgach, Foydalanuvchi Ilovada transport vositalarining haydovchilari sifatida roʻyxatdan oʻtgan va roʻyxatdan oʻtishda bunday transport vositalarini koʻrsatgan boshqa foydalanuvchilarni (keyingi oʻrinlarda “Haydovchilar” deb yuritiladi) izlash, Haydovchilarga ularning transport vositasida birgalikda safar qilish shartlarini taklif qilish, haydovchilarning shartlari bilan tanishish, bunday shartlarni qabul qilish yoki rad etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
    • Ilova yordamida Haydovchi birga safar qilish shartlarini qidirishi, bunday shartlarni qabul qilishi, oʻz shartlarini taklif qilishi yoki Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan shartlarni butunlay rad etishi mumkin.
    • Birga safar qilish shartlari ularni joylashtirgan Foydalanuvchi haqidagi maʼlumotlarni, Foydalanuvchining boshlangʻich va yakuniy manzili haqidagi axborotlarni, birgalikdagi safar uchun Haydovchiga Foydalanuvchi tomonidan taklif etilgan narx haqidagi maʼlumotlarni, Foydalanuvchining boshqa maʻlumotlarini (fikr-mulohazalarini), bu shartlarni qabul qilgan yoki narxga oid boshqa shartlarni taklif qilgan Haydovchi haqidagi maʼlumotlarni, Haydovchi tomonidan taklif qilingan narx haqidagi maʼlumotlarni va Foydalanuvchilarning (shuningdek, Haydovchining ham) telefon raqamlarini oʻz ichiga oladi.
    • Birgalikdagi safarlar uchun (muqobil) shartlar qabul qilingandan keyin, Foydalanuvchi Ilovadagi funksiyalar yordamida haydovchiga tegishli bildirishnoma yuborish orqali birgalikdagi safardan voz kechishi mumkin. Foydalanuvchi bunday funksiyadan birgalikdagi safar boshlanishidan avval foydalanishi mumkin. Birgalikdagi safarning boshlangani Ilovada Haydovchidan kelgan tegishli bildirishnoma yoki Foydalanuvchi va Haydovchiga tegishli qurilmalar joylashuvining aniqlanishi asosida (ilovaning tegishli versiyasida qanday tartib joriy etilganiga qarab) avtomatik tarzda belgilanadi.
  2. Qo‘shimcha shartlar va istisnolar
    • Kompaniya birgalikda safar qilish boʻyicha (muqobil) shartlar mazmunini tekshirmaydi va tasdiqlamaydi, Foydalanuvchilar bilan huquqiy munosabatlarda va ular o‘rtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarda ishtirok etmaydi. Ilovaning funksiyalari Foydalanuvchiga faqat axborot maqsadlarida taqdim etilgan.
    • Kompaniya Foydalanuvchi va (yoki) Haydovchi uchun vakil, agent, boshliq, buyurtmachi, pudratchi, ish beruvchi yoki ijrochi hisoblanmaydi.
    • Birgalikdagi safarning (muqobil) shartlariga rioya qilinishi boʻyicha Foydalanuvchi yoki Haydovchining barcha shikoyatlari tegishli Haydovchi yoki Foydalanuvchiga yuborilishi lozim. Kompaniya shikoyatlarni qabul qilish, Foydalanuvchilar (Foydalanuvchilar va Haydovchilar) o‘rtasidagi tortishuvlarni hal etishda qatnashmaydi hamda Foydalanuvchi va Haydovchi nomidan ish yuritish vakolatiga ega emas.
    • Ilova “shundayligicha” taqdim etiladi, bunda Kompaniya Ilovaning barqaror, bexato va to‘g‘ri ishlashini, shuningdek, Ilovaning barcha yoki ayrim funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini kafolatlamaydi.
    • Ilovaning barcha yoki ayrim funksiyalaridan foydalanish uchun Internet tarmog‘iga ulanish talab etiladi. Foydalanuvchi mustaqil ravishda Internet tarmog‘iga kirish uchun pul toʻlaydi va (zarur hollarda) qurilmani internet tarmog‘iga kirish uchun sozlaydi.
    • Ilova Foydalanuvchi uni ishlatishdan kutgan talablariga javob berishini Kompaniya kafolatlamaydi. Foydalanuvchi Ilovadan xavflarni inobatga olgan holda foydalanadi. Kompaniya Ilovadan foydalanish jarayonida yoki uning yakunida, yoxud undan foydalanish imkonsiz ekani sababli Foydalanuvchi uchun yuzaga kelgan har qanday oqibatlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
  3. Foydalanuvchi ma’lumotlari
    • Ilovadan foydalanishni boshlash bilan Foydalanuvchi Kompaniyaga Ilovadan foydalanish, birgalikdagi safarlarni amalga oshirishda shartlarni qidirish va saralash uchun o‘zining shaxsiy axborotlarini (jumladan shaxshiy ma’lumotlarini) qayta ishlashga ruxsat beradi. Amaldagi qonunchilik talablariga binoan, Foydalanuvchi bunday rozilikni bekor qilish huquqiga ega.  
    • Bu bilan Foydalanuvchi Kompaniya unga tegishli ma’lumotlarni dasturning funksional imkoniyatlarini taqdim etish uchun zarur va yetarli har qanday, xususan avtomatlashgan va avtomatlashmagan usul bilan, jumladan transchegaraviy uzatish (shu qatorda ETS 103 Yevropa Ittifoqi konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lmagan, Yevropa Ittifoqi va Shveytsariya Konfederatsiyasiga kirmagan davlatlar), uchinchi shaxslarga uzatish (jumladan, birgalikdagi safarlarning (muqobil) shartlari yo‘nalishi funksiyalarini taqdim etish maqsadida boshqa Foydalanuvchilar va o‘z qurilmalari va serverlarida ma’lumot joylashtirish bilan texnik, tashkiliy va infratuzilmaviy koʻmak taqdim etayotgan tashkilotlar) orqali qayta ishlashi haqida xabardor va bunga rozi hisoblanadi.
    • Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish va Ilova funksiyalaridan foydalanish davomida o‘zi bergan, shuningdek, Foydalanuvchi taqdim etgan qurilmadagi operatsion tizim xavfsizligi sozlamalariga muvofiq keluvchi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsatni inobatga olib, Foydalanuvchi operatsion tizimi oddiy vositasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
    • Foydalanuvchi ma’lumotlarini qayta ishlash Ilova funksional imkoniyatini taqdim etish, Foydalanuvchiga (Foydalanuvchi yordam xizmatiga murojaat etgan holatlarda) texnik yordam ko‘rsatish, Kompaniya huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish (jumladan reklama ko‘rsatish, intellektual mulk, Kompaniyaning axborot va tijoriy xavfsizligi himoyasi, Kompaniyani huquqiy himoya qilish imkoniyatlari, Kompaniyaga nisbatan amalda boʻlgan qonun talablarini ijro etish) maqsadida amalga oshiriladi.
    • Foydalanuvchi Kompaniyadan unga tegishli ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘rashga haqli, buning uchun u Ilovadagi bogʻlanish shakli orqali xabar yuborishi kerak. Agar amaldagi qonunchilik shaklga yoki bunday so‘rovnoma tarkibiga nisbatan zarur talablarni nazarda tutsa, Kompaniya qonunchilik talablariga rioya qilish uchun Foydalanuvchi nomidan bunday so‘rovnomani yuborgan shaxsning yuzini identifikatsiyalash jarayonidan tashqari, qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish huquqiga egadir.
    • Foydalanuvchi Ilovadagi Foydalanuvchi ma’lumotlari va hisobini butunlay o‘chirishni talab qilishi mumkin, buning uchun Ilovadagi bogʻlanish shakli orqali xabar yuboriladi. Kompaniya bunday talabni amaldagi qonunchilikda belgilangan muddat ichida bajaradi. Agar amaldagi qonunchilikda boshqacha tartib koʻzda tutilmagan bo‘lsa, Kompaniya Foydalanuvchi ma’lumotlarini Foydalanuvchining ularni o‘chirish haqidagi so‘rovnomasidan keyin umumiy da’vo muddati davomida saqlaydi.
  4. Boshqa holatlar
    • Ilovadan foydalanish vaqtida boshqa foydalanuvchilar, kompaniyalar va uchinchi shaxslarning huquqlari va manfaatlariga putur yetkazadigan, amaldagi qonunchilikka muvofiq, tarqatish va uzatish taqiqlangan, boshqa foydalanuvchilar, kompaniyalar va uchinchi shaxslarga nisbatan haqoratli, beadab so‘kinishlar, or-nomusni kamsituvchi, obro‘sizlantiruvchi, tuhmat, chalg‘ituvchi, ochiq va yashirin reklama, zararli kodlar, pornografik mazmundagi, qonun va axloqqa zid hamda shu kabi mavzudagi ma’lumot va materiallarni boshqa foydalanuvchilar va uchinchi shaxslarga uzatish va joylash (foydalanish huquqini ochish) taqiqlanadi.
    • Kompaniya Foydalanuvchilar (jumladan, Haydovchilar) tomonidan taqdim etilgan va Ilova orqali boshqa Foydalanuvchilarga uzatgan ma’lumotlarining ishonchliligini nazorat qilmaydi. Boshqa foydalanuvchilardan olingan yoki ilovada keltirilgan ma’lumotlar mazmuni Litsenziya kelishuvini yoki amaldagi qonunchilikni buzyapti, deb hisoblagan Foydalanuvchi Kompaniyaga o‘z huquqiy va texnik imkoniyatlari doirasida zarur choralarni ko‘rishi uchun bunday ma’lumotlar haqida shikoyat yuborishi mumkin.
    • Ilovada uchinchi shaxs saytlariga oid reklama va (yoki) havolalar bo‘lishi mumkin. Kompaniya bunday saytlar kontentini nazorat qilmaydi va bunday saytlarga o‘tish xavfsiz, ulardagi ma’lumotlar esa ishonchli bo‘lishini kafolatlamaydi.

5.4      Kompaniya va Foydalanuvchi oʻrtasidagi Litsenziya kelishuvi va huquqiy munosabatlar, jumladan,   Litsenziya kelishuvi bilan tartibga solinmagan huquqiy munosabatlar Niderlandiya qonunchiligi bilan tartibga solinadi.