Kirish va hisobni roʻyxatdan oʻtkazish

Hisobga qanday kirish mumkin?

Bosh menyuda “Kirish” boʻlimini tanlang – u ekranning yuqori chap burchagida joylashgan. Biz bir martalik kod yuboradigan telefon raqamini koʻrsating, shundan keyin kodni kiriting. Tayyor! Profilingizga kirishingiz va istalgan yoʻlovchilarning taklifiga javob berishingiz mumkin.


Hisobni qanday tahrirlash mumkin?

Ilova xavfsizlik nuqtai nazaridan profildagi maʼlumotlarni mustaqil ravishda oʻzgartirishga ruxsat bermaydi. Agar siz haydovchilik guvohnomangiz yoki avtomobilingizni oʻzgartirgan boʻlsangiz, bu haqda bizga yozib yuboring! Biz albatta sizga yordam beramiz.


Hisobimga boshqa qurilmadan kira olamanmi?

Ha. Hisobingizdan bir vaqtning oʻzida turli qurilmalarda foydalanishingiz mumkin. Ammo, xavfsizlik shartlariga muvofiq, profilingizni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.


Hisobim bloklansa, nima qilishim kerak?

Hisobingiz bloklangan vaziyatda qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling, biz masalani zudlik bilan hal qilishga harakat qilamiz.


Bloklanganman