Safardan keyin

Safarlar tarixini qanday qilib koʻrish mumkin?

Safarlar tarixida buyurtmalaringiz va ularning tafsilotlarini kuzatishingiz, shu bilan birga, haydovchiga qoʻygan baholaringizni koʻrishingiz mumkin.

Safarlar tarixini ilovaning bosh ekranida SAFARLAR tugmasini bosish orqali koʻrish mumkin, ekran pastida safarlaringiz roʻyxati chiqadi.


Haydovchi haqidagi sharh va safarni baholash nima uchun kerak?

Safar davomida yoki u tugaganidan keyin besh balli shkala boʻyicha 1 dan 5 gacha baholaganingiz singari hissiyotlaringizni aniq tasvirlab bеruvchi emojilardan birini tanlang. Ularning ostida esa sharh qoldirsa boʻladi: unda sizga nima yoqqani va nima yoqmaganini batafsil yozishingiz mumkin.

Haydovchilar ham safardan keyin xuddi shunday yoʻlovchilarni baholashlarini unutmang, bu baholar yoʻlovchi reytingiga taʼsir qiladi.

Har bir sharh haydovchining reytingiga taʼsir qiladi. Ushbu reyting haydovchi oʻzining xizmatlarini taklif qilgan barcha foydalanuvchilarga koʻrinadi.

Zarur hollarda mutaxassislarimiz vaziyatga oʻz vaqtida chora koʻrishi uchun, safarga oid yozma sharhingiz bevosita xizmatimizning qoʻllab-quvvatlash markaziga kelib tushadi.

Afsuski, sharhlarni qaytarib va oʻzgartirib boʻlmaydi.


Reyting nima va u qanday hisoblanadi?

Har bir haydovchi safardan soʻng yoʻlovchiga baho qoʻyadi va kengaytirilgan sharh qoldirishi ham mumkin. Reyting haydovchilar tomonidan foydalanuvchiga 1 dan 5 gacha boʻlgan shkala boʻyicha qoʻyilgan barcha baholarning oʻrtacha qiymati sifatida hisoblanadi. Uni yon menyuda ismingiz va suratingiz koʻrsatilgan satrni bosib koʻrishingiz mumkin.

Siz buyurtmani joylashtirgan vaqtingizda haydovchilar reytingingizni koʻrishadi. Ular shunga asoslanib, siz taklif qilgan safarni tanlash yoki tanlamaslikni belgilaydilar.

Haydovchilarga nisbatan hurmatli munosabatda boʻling, tartibli va puxta yoʻlovchi boʻling, xavfsizlik va xizmatimiz qoidalariga rioya qiling, shunda haydovchilar safardan keyin sizga koʻproq yaxshi baho qoʻyadilar.


Narsalarni mashinada unutib qoldirganda nima qilish kerak?

Safardan keyin narsalaringiz mashinada qolganini aniqlasangiz, haydovchi bilan bogʻlanishga urinib koʻring. Buni safar yakunlangandan keyin 3 soat ichida amalga oshirish mumkin:

— ilovada safarlar tarixiga kiring (ekranning pastki qismidagi SAFARLAR tugmasi);

— kerakli safarni tanlang;

— HAYDOVCHI BILAN BOGʻLANISH tugmasini bosing.

Agar haydovchi bilan bogʻlanish imkoni boʻlmasa yoki safar tugaganiga 3 soatdan oʻtgan boʻlsa, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishingiz mumkin.